Институт тарихи

Lalmikor Dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati to'g'risida

Ilmiy-tadqiqot muassasasining nomi, tashkil qilingan yili:
Muassasa rasmiy nomi - Lalmikor Dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti .
Tashkil qilingan yili - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 25-avgustdagi №413-sonli qaroriga asosan Sug'oriladigan yerlarda g'alla va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G'allaorol filialiga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 10-fevraldagi «O'zbekiston qishloq xo'jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida»gi PQ-2125 sonli qaroriga asosan Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G'allaorol ilmiy-tajriba stantsiyasiga aylantirildi.
Stantsiyaning asosiy maqsad va vazifalari:
Maqsadi: Qishloq xo'jalik ekinlarining yangi navlarini yaratish, ularni duragaylari va liniyalari ustida mukammal ish olib borish;
mahalliy sharoitga moslashgan boshoqli don ekinlar, dukkakli don, yem- hashak, moyli va poliz ekinlarning yuqori hosilli va sifatli navlarini yaratish, ekologik nav sinash natijalari asosida tanlab olingan navlarning jadal yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish va ishlab chiqarishga tadbiq etish;
Davlat reyestriga kiritilgan va istiqbolli deb topilgan navlarning, durugaylar birlamchi urug'chiligi bilan shug'ullanish, shartnoma asosida urug'chilik fermer xo'jaliklarini yuqori avlodli urug'lar bilan ta'minlash hamda ular bilan hamkorlikda ishlash;
tajriba stantsiyasi va uning tarkibidagi bo'linmalari tajriba uchastkalarida almashlab ekishning ilmiy asoslangan tizimini joriy etish va tajriba olib borish;
turli tajriba sinovlarini amalga oshirish, ozuqabop ekinlar urug'chiligini rivojlantirish yangi xil, nav, tizim va duragay avlodlarini yetishtirish hamda takomillashtirishdan iborat.

Vazifalari: Tajriba stantsiyasi donli ekinlar soxasini rivojlantirish bo'yicha quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:
ilmiy-tadqiqot ishlarini o'tkazish, sinash va joriy etish uchun olim va tadqiqotchilarga zarur bo'ladigan barcha sharoitlarni yaratib berish; olimlar va tadqiqotchilarni qishloq xo'jaligida qo'llanilayotgan zamonaviy texnika va uskunalar, qishloq xo'jalik ekinlari agrotexnikasi uchun zarur bo'lgan boshqa moslamalar bilan ta'minlash;
tajriba va sinov jarayonini ilmiy texnik xodimlar va ishchilari ishtirokida bajarish;
agrar sohada O'zbekistonda hamda chet el fan va texnikasi yutuqlarini, ilg'or tajribalarini ishlab chiqarishga joriy qilish, hosildorlikni oshirish, selektsiya, urug'chilik va mexanizatsiyalash ishlarini takomillashtirish bilan shug'ullanadi;
chet el ilmiy muassasalari bilan hamkorlik o'rnatadi. Ularning eng yuqori va sifatli hosil berayotgan boshoqli don, dukkakli don, poliz va yem-xashak ekinlar navlar, liniyalar va duragaylarni o'zaro shartnoma asosida olib kelib sinovlar o'tkazadi. Respublika tabiiy-iqlim sharoitlariga moslarini tanlab olib ekish uchun Davlat reyestriga kiritadi va ishlab chiqarishga joriy etish uchun tavsiya etadi;
shuningdek, ishlab chiqarishga samarali va tejamkor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish;
mamlakatning g'allachilik soxasida erishilgan ilm-fan yutuqlari bilan xalqaro va Respublika miqyosidagi anjumanlarda qatnashish, g'alla va dukkakli ekinlarning dolzarb masalalari bo'yicha ilmiy simpoziumlar, kengashlar, konferentsiyalar o'tkazish;
ilmiy xisobotlar, konferentsiya materiallari, uslubiy qo'llanma, risola, maqola, ilmiy axborotnomalarni chop etish va ilm-fan yutuqlarini targ'ibot qilish;
ilmiy xodimlarining Respublikada va xorijda saloxiyatini oshirish, tayyorlash hamda qishloq xo'jaligi soxasida kadrlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishda faol qatnashish;
tajriba stantsiyasida yosh avlodni tarbiyalash, yoshlar malakasini oshirish, ularning ilmiy darajasini ko'tarish, ilm fanni yanada rivojlantirish uchun amaldagi qonun va qoidalarga rioya qilgan xolda o'zining qoshida doktorantura ochadi xamda ularni o'qishini tashkil etadi;
fundamental va amaliy tadqiqotlar yuzasidan ilmiy kengashlar, assosatsiyalar va boshqa birlashmalar tashkil qiladi;
tugallangan ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish bo'yicha natijalarni taxlil qiladi;
tajriba stantsiyasi va uning tarmoqlarida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini ko'rib chiqadi, tasdiqlab mujassamlashtirgan xolda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa yuqori tashkilotlarga taqdim etib boradi;
tajriba stantsiyasiga ajratilgan yer maydonlarida yuqori sifatli boshoqli don xamda ozuqa, moyli, dukkakli va poliz ekinlari navlarini urug'larini yetishtirib, ularni xalqaro tashkilotlarga, ilmiy-tadqiqot muassasalariga, tizimdagi filiallariga va Respublikaning barcha viloyat va tumanlaridagi fermer xo'jaliklariga shartnoma asosida sotadi. Ulardan tushgan pul mablag'lari institutning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, ilg'or texnologiyalarni hamda laboratoriya jixozlarini sotib olishga, asosiy vositalarni ta'mirlashga, xodimlarni moddiy rag'batlantirish va boshqa maqsadlarga sarflaydi;
tajriba stantsiyasi amaldagi qonunlar asosida xo'jalik hisobidan ishlab topgan mablag'lari va xomiylar tomonidan berilgan mablag'lar hisobidan qo'shimcha ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etadi. Ishlab chiqarishdan olingan maxsulotlarni erkin sotish hisobiga o'z mablag'larini ko'paytiradi. tajriba stantsiyasi O'zbekiston Respublikasining “Selektsiya yutuqlari” va “Urug'chilik” to'g'risidagi qonunlari asosida o'zi yetishtirgan g'alla, dukkakli, moyli, ozuqa va poliz ekinlari urug'larini o'z yer maydonidan ortgan qismini urug'lik yetkazuvchi ilmiy muassasalarga, o'z bo'linmalariga, urug'chilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklariga shartnoma asosida sotadi va ulardan tegishli hujjatlarga asosan sotib oladi. Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G'allaorol ilmiy tajriba stantsiyasi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda mazkur soxadagi respublika ilmiy muassasalari va Oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlikda olib boradi.
Stantsiyaning ilmiy yo'nalishlari:
- Qishloq xo'jalik ekinlar selektsiyasi
- Qishloq xo'jalik ekinlari urug'chiligi
- Qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasi
- O'simliklar fiziologiyasi
- Agrokimyo va tuproqshunoslik
Stantsiyaning ilmiy salohiyati:
G'allaorol ilmiy-tajriba stantsiyasida hozirgi kunda jami 77 nafar xodimlar faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Shundan 24 nafari ilmiy xodimlarni tashkil etadi. Ilmiy darajaga ega bo'lgan xodimlar soni 15 nafarni, shu jumladan 1 nafari fan doktori, 6 nafari fan nomzodi, 8 nafari qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktorini tashkil qiladi. Ilmiy salohiyat ko'rsatkichi 62,5% ni tashkil etadi. Stantsiyada 15 nafar ilmiy darajaga ega bo'lgan ilmiy xodimlardan 10 nafari (66,7%) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan «Katta ilmiy xodim» ilmiy unvonida tasdiqlangan. Faoliyat olib borayotgan 1 nafar fan doktori «Selektsiya va urug'chilik», 14 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlaridan 10 nafari «Selektsiya va urug'chilik», 1 nafari «Agrokimyo va tuproqshunoslik», 1 nafari «Umumiy dehqonchilik», 1 nafari «O'simlikshunoslik», 1 nafari «Agrotuproq-shunoslik va agrofizika» ixtisosligi bo'yicha mutaxassislikka ega. Jami 24 nafar ilmiy hodimlardan 12 nafari (50%) 40 yoshgacha bo'lgan ilmiy xodimlarni tashkil qiladi. Hozirgi kunda tayanch doktorantlar (RhD) - 4 nafarni, doktorantlar (DSc)-2 nafarni tashkil etadi. Fan doktorining o'rtacha yoshi 43 yoshni, fan nomzodlari va falsafa doktorlarining o'rtacha yoshi 49 yoshni tashkil etadi. Stantsiyaning ilmiy loyihalari:
G'allaorol ilmiy-tajriba stantsiyasi tomonidan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2007-2019 yillarda jami 44 ta loyihalar, shundan 1 ta fundamental, 25 ta amaliy, 17 ta innovatsiya va 1 ta yosh olimlar loyihalari ustida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Stantsiyaning ilmiy hamkorligi:
Stantsiya, Toshkent Davlat Agrar universiteti, O'zbekiston Milliy universiteti bilan malakali kadrlar tayyorlash hamda IKARDA va SIMMIT xalqaro ilmiy markazlari hamda Krasnodar qishloq xo'jaligi ilmiy-tadqiqot stantsiyasi, Qozog'istonning Krasnovodopad qishloq xo'jaligi ilmiy-tajriba stantsiyasi, Qozog'iston o'simlikshunoslik va dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o'zaro tajriba almashish bo'yicha ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda.