Экинлар

G‘ALLAOROL ILMIY-TAJRIBA STANSIYaSINING EKIN TURLARI BO‘YIChA FAOLIYaTI

______________

Hozirgi kunda G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy faoliyati davomida 15 turdagi qishloq xo‘jalik ekinlari, shu jumladan: yumshoq bug‘doy, qattiq bug‘doy, arpa, no‘xat, maxsar, zig‘ir, tritikale, kungaboqar, gorox, beda,esparset, yasmiq, javdar, tarvuz, undov ekinlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasida sug‘oriladigan va lalmikor maydonlarda ekish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarining qurg‘oqchilikka, issiqlikka, kasalliklarga va yotib qolishga chidamli, ertapishar, serhosil navlari yaratilgan.
Stansiyada yaratilib, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga quyidagi navlari kiritilgan. Jumladan:
Yumshoq bug‘doyning - Baxmal 97, Grekum 439, Do‘stlik, Zamin 1, Bahor 1, Istiqlol 6, Ko‘kbuloq, Oq-bug‘doy, Sanzar 4, Sanzar 6, Tezpishar, Hosildor, Yonbosh, Semurug‘, Istiqlol 20, So‘g‘diyona navlari.
Qattiq bug‘doyning - Javohir, Leukurum 3, Marvarid, Makuz 3, Istiqbolli, Yoqut 2014 navlari.
Arpaning – Abu-G‘ofur, Adir, Bolg‘oli, Ixtiyor, Karshinskiy, Qizilqo‘rg‘on, Lalmikor, Mavlono, Savruk, Unumli arpa, Xonaqox, Abu-G‘ofur 20, Xotira 59, Baxorikor navlari.
Tritikalening – Sardor, Do‘stlik 4 navlari.
No‘xatning – Jaxongir, Iroda 96, Lazzat, O‘zbekistanskiy 32, Yulduz, Iftixor, Guliston navlari.
Goroxning – Vostok 55, Vostok 84, Jasur 98 navlari, O‘zbekiston 2011 navlari.
Yasmiqning – Oltin don navi
Zig‘irning – Balmalskiy 2, Baxorikor navlari
Kungaboqarning – Nur 5 navi.
Maxsarning – G‘allaorol, Miltinskiy 114, Jizzax 1 navlari.
Bedaning – Aridnaya, Boygul, G‘allaorol 100 navlari.
Esparsetning – Milyutinskaya 2, Baxmal 2013 navlari yaratilgan.

IMG-INTRO
Арпа экини
IMG-INTRO
Беда экини
IMG-INTRO
Горох экини
IMG-INTRO
Зигир экини
IMG-INTRO
Каттик бугдой экини
IMG-INTRO
Махсар экини
IMG-INTRO
Нухат экини
IMG-INTRO
Тарвуз экини
IMG-INTRO
Тритикале экини
IMG-INTRO
Юмшок бугдой экини
IMG-INTRO
Жавдар экини
IMG-INTRO
Кургабокар экини
IMG-INTRO
Ундов экини
IMG-INTRO
Чечевица экини
IMG-INTRO
Эспарцет экини