Лабораториялар

Sug‘oriladigan yerlarda bug‘doy seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi

Laboratoriya mudiri: k.i.x. Umirov Ne’mat Jo‘raboevich
Sug‘oriladigan yerlarda bug‘doy seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi 1964 yil tashkil etilgan bo‘lib, respublikaning suv bilan kam taminlangan‚ tuprog‘i sho‘rlangan‚ issiq iqlimli sug‘oriladigan yerlari uchun bug‘doy navlarini yaratish va boshlang‘ich urug‘chiligini olib borish asosiy ilmiy faoliyati hisoblanadi.
1964 yilda respublikada birinchi marta Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi, O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan agranom A.I.Kovalev rahbarligida Respublikaning sug‘oriladigan yerlari uchun bug‘doy seleksiyasi va urug‘chiligi sohasida ilmiy ishlar boshlangan.
1970-1990 yillarda seleksionerlar A.I.Kovalev‚ Yu.A.Kovalev, A.Jabborov, A.Shayzoqov, J.Umarov, S.G‘aybullaev va A.Hayitboevlar tomonidan hosildor, tashqi muhitning ta’siriga, kasallik va zararkunandalarga chidamli, kalta bo‘yli intensiv tipdagi duvarak va bahori bug‘doy navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borgan. Shu yillari yumshoq bug‘doyning Zo‘rbug‘doy‚ Sangzor-2‚ G‘allaorol-5‚ Sangzor-85‚ Sangzor-4‚ Sangzor-8 Navro‘z va qattiq bug‘doyning Makuz-7‚ Lekurum-129 navlari yaratilgan.
1991-2014 yillarda seleksioner olimlar tomonidan suv bilan kam ta’minlangan, tuprog‘i sho‘rlangan, issiqqa va kasalliklarga chidamli yumshoq bug‘doyning Sanzar-6, Sanzar-8, Yonbosh, Marjon, Orol-96, Grekum 2000, Rovot, Do‘stlik, Grekum-294, G‘ayrat, Turon, Zamin-1, Shavkat, Bo‘zqal’a, Gavxar navlari hamda qattiq bug‘doyning Makuz-3, Leukurum-294 navlari yaratildi hamda yaratilgan navlarga guvoxnoma va patentlar olindi.
2014-2019 yillarda sug‘oriladigan maydonlar uchun yumshoq bug‘doyning tashqi muhit noqulay omillariga, kasalliklarga chidamli bo‘lgan Sa’d-2010, Baxor-1, Istiklol-20, Semurug‘ navlari, qattiq bug‘doyning Istiklol-5, Istikbolli kabi yangi navlari yaratilib Davlat reestriga kiritildi.
Laboratoriyada ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk Agentligi tomonidan sug‘oriladigan maydonlarda ekish uchun yumshoq bug‘doyning Semurug‘ (№NAP 00166), Istiqlol-20 (№NAP 00163), Bahor-1 (№NAP 00172), qattiq bug‘doyning Istiqbolli (№NAP 00177) navlariga patentlar olindi.