Laboratoriya mudiri: q.x.f.f.d., k.i.x. Qarshiboev Hasan Xolbazarovich Lalmikor yerlarda qattiq bug‘doy seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi 1934 yilda tashkil etilgan bo‘lib, lalmikor yerlarning turli mintaqalari uchun tashqi muxitning abiotik va biotik omillariga va yotib qolishga chidamli‚ xosildor‚ don sifati Davlat andozalariga javob beradigan navlarini yaratish va boshlang‘ich urug‘chiligini olib borish asosiy faoliyati hisoblanadi. 1934 yilda N.V.Pokrovskiy tamonidan mamlakatimizda qattiq bug‘doy seleksiyasi va urug‘chiligiga Milyutin Davlat seleksiya stansiyasida asos solingan. Olim tomonidan mahalliy bug‘doy navlarini tanlash asosida ularning tur, tur-xillarini aniqlab o‘zaro duragaylash ishlarini olib borilgan. 1940-1951 yillarda laboratoriyada qattiq bug‘doyning Leukurum-837, Melyanopus-40100 navlari yaratilgan. 1960-1990 yillarda qattiq bug‘doy seleksiyasi va urug‘chiligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini R.O.Katkova, N.M.Mamirov, N.B.Beknazarov, A.I.Kovalev, Q.S.Sodiqov, A.Q.Qarshiboev, J.T.Umarov‚ X.T.Odilov‚ S.G‘aybullaevlar davom ettirib, olimlar tomonidan qattiq bug‘doyning Lekurum-117‚ B-38‚ Leukurum-2F‚ Gordeforme-95‚ Provinsiale-2F navlari yaratilgan. 1991-2012 yillarda seleksionerlar J.T.Umarov, H.T.Odilov, S.G‘aybullaevlar lalmi qattiq bug‘doy seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borgan. Bu davrda lalmikor yerlarda ekish uchun Marvarid, Javohir, Charos, Shabnam kabi navlari yaratilgan. Ulardan Javohir navi 2011 yilda Davlat reestriga kiritildi. 2012 yildan hozirgi davrgacha laboratoriyada seleksioner olimlar X.Qarshiboev, J.Mavlonovlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Tadqiqot natijalari asosida laboratoriyada Yoqut-2014, Billurdon navlari yaratildi. Hozirgi kunda Respublika aholisining extiyoji uchun xar yili 100-120 ming tonnadan ortiq qattiq bug‘doy doni talab etiladi. Respublikada qattiq bug‘doy yetishtirishni keskin ko‘paytirish g‘allachilik tarmog‘ining dolzarb vazifasi hisoblanadi. Laboratoriyada lalmikor yerlar uchun don sifati Davlat andozalariga mos makaron chiqimi 4,0-4,5 ball, oqsil miqdori 14-16 %, kleykovina 28-30%, tashqi muhitning noqulay omillariga va kasalliklariga chidamli qattiq bug‘doyning fakultativ navlarini yaratish ustida ilmiy ishlar davom ettirilmoqda. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk Agentligi tomonidan lalmikor maydonlarda ekish uchun qattiq bug‘doyning Yoqut-2014 (№NAP 00164) naviga seleksiya yutug‘i uchun ixtiro patenti olindi hamda Billurdon naviga patent olish uchun talabnoma yuborildi.