Laboratoriya mudiri: k.i.x. Umurzakov Abdukarim Abduxakimovich Dukkakli ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasining vazifalari ertapishar, turli kasalliklarga, qurg‘oqchilikka, issiqlikka chidamli, yuqori sifatli, mexanizatsiya yo‘li bilan yig‘ishtirib olishga moslashgan hosildor yangi navlarini yaratishga yo‘naltirilgan. Tadqiqot ishlari 1935 yilda boshlanib ilk marotaba A.S.Mazurin tomonidan no‘xatning mahalliy navlaridan yakka tanlash yo‘li bilan Milyutin-4 yangi navi yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etildi. 1952-1990 yillarda A.S.Mazurin, I.G.Odinsova, P.Sh.Shukurullaev, P.P.Oleynik tomonidan no‘xatning Milyutin-6‚ 2358 va 2046‚ O‘zbekiston-8‚ Gibrid-27, Kormovoy-10, xashaki no‘xatning 55M Vostok, 115 Afg‘on, jo‘xorining Chillaki, Sangzor, qandli jo‘xorining Qandli-91, Oranjiviy-160, sudan o‘tining G‘allaorol-85 navlari yaratilib ekishga tavsiya etildi. Jumladan no‘xatning O‘zbekiston-8 navi Ozarbayjon respublikasida ekish uchun 1972 yilda Davlat reestriga ro‘yxatga olingan. 1991-2010 yillarda seleksionerlardan P.P.Oleynik, Q.E.Eshmirzaev, N.E.Ergashev‚ J.N.Ergashev‚ U.Q.Xojimusaevalarning olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida O‘zbekiston-32, Yulduz, Lazzat, Jahongir va Iroda-96, ko‘k no‘xatning Jasur-98 navlari Davlat reestriga kiritildi. 2011 yildan boshlab uzluksiz davom ettirilayotgan tadqiqot ishlarida N.E.Ergashev, J.N.Ergashev‚ U.Q.Xojimusaeva, K.T.Isakov, A.A.Umurzakov, J.T.Naxalboev hammuallifligida no‘xatning Javlon, Guliston, Istiqlol, Mustaqillik-20, Nurli quyosh, Iftixor, xashaki no‘xatning O‘zbekiston-2011, yasmiqning Oltin don, vikaning Vostok-85 navlari yaratilib nav sinash Davlat komissiyasiga topshirildi. 2010 yilda yasmiqning Oltin don navi Davlat reestriga kiritildi, 2019 yilda no‘xatning Iftixor navi istiqbolli navlar ro‘yxatiga olindi. Laboratoriyada 1998 yildan ICARDA halqaro markazi bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, hozirgi kungacha muttasil davom ettirilib kelinmoqda. Bu hamkorlik natijasida no‘xatning Javlon, Jahongir, Istiqlol, Guliston, Iftixor, yasmiqning Oltin don navlari yaratildi. Shuningdek shu hamkorlik doirasida Qozog‘iston o‘simlikshunoslik va dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti bilan birgalikda yaratilgan no‘xatning Kamila 1255 navi 2000 yildan Qozog‘iston Respublikasida ekish uchun Davlat reestriga kiritildi. Hozirgi kunda laboratoriyada 2 ta mustaqil tadqiqotchilar tadqiqotlarni davom ettirgan holda qishloq xo‘jalik ekinlari fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya mavzularini himoyaga qo‘yish bo‘yicha ilmiy faoliyat olib bormoqdalar. Hozirgi kunda dukkakli don va yem-xashak ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyalari birlashgan holda qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Kamoliddin Tuygunovich Isakov rahbarlik etib kelmoqda.