Лойиҳалар

LALMIKOR DEHQONCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TOMONIDAN BAJARILIShI 2018-2020 YILLARGA MO'LJALLANGAN DAVLAT ILMIY-TEXNIK DASTURLARIDON VA DUKKAKLI EKINLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI G‘ALLAOROL ILMIY-TAJRIBA STANSIYaSI TOMONIDAN BAJARILIShI 2018-2020 YILLARGA MO‘LJALLANGAN DAVLAT ILMIY-TEXNIK DASTURLARISug‘oriladigan maydonlar uchun yumshoq va qattiq bug‘doyning fakultativ tipdagi issiqlikka, kasalliklarga chidamli, don sifati yuqori bo‘lgan serhosil navlarini yaratishLalmi yerlar uchun dukkakli don va yem-xashak ekinlarining tashqi muhitning noqulay sharoitlariga hamda kasalliklarga chidamli, yuqori sifatli, serhosil yangi navlarini yaratishSug‘oriladigan maydonlarda yumshoq bug‘doyning yangi «Istiqlol-20» va «Semurug‘» navlaridan yuqori hosil va sifatli don yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqishPivobop arpaning istiqbolli «Abu-G‘ofur-20» navining birlamchi urug‘chiligini olib borish va joriy etishLalmikor maydonlarda moyli zig‘ir «Bahorikor» navining boshlang‘ich urug‘chiligini tashkil qilish hamda ishlab chiqarishga joriy etish

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida davlat ilmiy-texnik doirasida 3 ta amaliy va 2 ta innovatsiya loyihalari ustida ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Ilmiy-tajriba stantsiyada loyihalar bo'yicha 2018-2019 yillarda Respublika anjumanlarida 18 ta, maxalliy jurnallarda 29 ta, xorijiy konferentsiyalarda 12 ta, xorijiy jurnallarda 9 ta ilmiy maqolalar chop ettirildi. Loyiha rahbari: q.f.d., k.i.x., R.E.Siddiqov.
Olib borilgan tadqiqotlarda yumshoq va qattiq bug'doyning 362 ta nav namunalari, yumshoq bug'doyning G'1-G'5 duragay tizmalarida 472 ta, selektsiya pitomnigida 150 ta tizmalari, nazarat pitomnigida 130 ta tizma, raqobat nav sinovida yumshoq bug'doyning 21 ta, qattiq bug'doyning 15 ta nav va tizmalari tajribalarda o'rganilgan.
O'rganilgan yumshoq bug'doy nav namuna va tizmalaridan qimmatli xo'jalik belgi va xususiyatlari bo'yicha andoza Zamin-1 (59,2 s/ga) va Bezostaya-1 ( 56,2 s/ga) navlariga nisbatan №9809 (65,5 s/ga), №9812 (71,0 s/ga), №9816 (72,5 s/ga), №9819 (66,0 s/ga), №9824 (62,5 s/ga), №9828 (59,5), №9831 (62,5 s/ga), №9836 (64,5 s/ga) nav namunalari 0,3-13,3 s/ga yuqori hosil berish bilan birga zang kasaliklariga chidamli boshlang'ich manba sifatida tanlab olingan.
Qattiq bug'doy nav namuna va tizmalaridan qimmatli xo'jalik belgi va xususiyatlari bo'yicha andoza Makuz-3 (52,4 s/ga) naviga nisbatan. Manl 3, Ossl-1, Mrb 5, Younes nav namunalari 10,7-14,9 s/ga yuqori hosil berishi bilan birga zang kasaliklariga bardoshli boshlang'ich manba sifatida ajratib olingan. Selektsiya tajriba maydonidan yumshoq bug'doyning qimmatli belgi va xususiyatlarga ega bo'lgan 15 ta tizma nazorat pitomnigiga o'tkazilgan. Nazorat tajriba maydonida andoza Zamin-1 naviga nisbatan 12 ta tizma 3-6 kun ertapishar va issiqlikka, kasallikga chidamli tizma deb topilgan. Nazorat tajriba maydonida ikki yillik tadqiqot natijalariga asosan 32/2019 (47/2018), 34/2019 (52/2018), 46/2019(71/2018), 47/2019 (72/2018), 52/2019 (91/2018) va 70/2019 (129/18) tizmalar hosilli, kasallikka chidamligi, yuqori mahsuldor va qimmatbaho belgi xususiyatga ega bo'lgan va 2020 yil hosili uchun raqobat nav sinoviga 32/2019 (47/2018), 34/2019 (52/2018), tizmalari o'tkazilgan.
Raqobatli nav sinash tajriba maydonida tahlil natijalariga asosan №183/2017 (62,0 s/ga), KP№ 85/2017 (59,9 s/ga), KP 184/2017 (60,0 s/ga) tizmalari bashqa nav va tizmalarga nisbatan qurg'oqchilikka, issiqlikka, zang kasalliklariga chidamli va hosildorligi yuqoriligi bo'yicha tanlab olingan. Qattiq bug'doyning raqobatli nav sinash tajriba maydonida ikki yillik tadqiqot natijalariga asosan №2012/7, Mikki-3 nav va tizmalari ertapishar, issiqlikka va zang kasalliklariga chidamli, andoza navga nisbatan yuqori hosildorligi bo'yicha selektsiya jarayonida foydalanish uchun ajratib olingan.
Loyiha bo'yicha 2019 yilda targ'ibot ishlari: Loyihada olingan tadqiqot natijalariga ko'ra jami 7 ta ilmiy maqola chop etildi. Shundan O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi jurnalida 1 ta, Agrarnaya nauka (Rossiya) jurnalida 1 ta, AGRO ILM jurnalida 3 ta maqola, anjuman to'plamlarida 2 ta ilmiy maqolalar chop ettirildi. Loyiha rahbari: q.f.n. k.i.x., K.T.Isakov.
Loyiha doirasida dala tajribalarining nav namunalari pitomnigida no'xatning 2019 yilda o'rganilgan 399 ta nav namunalaridan ertapisharlik guruhiga mansub 3 ta, o'simlik bo'yi o'rta bo'lgan 14 ta, yuqori hosilli 12 ta nav namunalari tanlab olindi. Bu pitomnikda bedaning andoza Aridnaya naviga nisbatan shoxlanishi yuqori bo'lgan 954, 3009, 3128, ko'k massa va urug' hosili yuqori bo'lgan 1205, 3009, 1204 tizmalar ajratib olindi. Tritikalening andoza Farxod naviga nisbatan erta boshoqlagan 6 ta (403/16, 430/43, 91/4, 97/10, 670/17.), o'simlik bo'yi balandligi bo'yicha 7 ta ( 757/104, 707/54, 439/52, 461/74, 421/35..) hamda yuqori hosilli 24 ta ( 757/104, 707/54, 90/3, 432/45, 687/34...) nav namunalari tanlab olindi. Ko'k no'xatning ikki yillik natijalarga ko'ra, andoza Vostok-84 navidan ertapishar bo'lgan Vostok-55, O'zbekiston-2011 navlari, o'simlikning baland bo'yligi bo'yicha Usatiy-86, Zernoukosniy, Jasur-98, O'zbekiston-2011 navlari (3,3-10,0 sm baland), yotib qolishga va donining to'kilib ketishga chidamligi jihatidan Aksoy Usatiy, Jasur-98, Osiyo-2011 navlari va 201401, 201402-tizmalari hamda don hosildorligi jihatidan O'zbekiston-2011 navi, 201401, 201402-tizmalari ajratib olindi. Duragaylar pitomnigida no'xatning mahalliy va tanlab olingan nav namunalar o'rtasida 50 ta kombinatsiyada chatishtirish ishlari o'tkazildi, F2 duragaylar pitomnigida ota-ona shakllariga nisbatan ertapisharligi bo'yicha 22 ta, don yirikligi bo'yicha 15 ta, mahsuldorligi yuqoriligi bo'yicha 27 ta duragaylar kelgusi yil F3 duragaylar pitomnigiga ekish uchun ajratib olindi. 1-yil selektsiya pitomnigida no'xatning andoza Yulduz navidan 3-5 kun to'liq o'suv davri erta bo'lgan 18 ta (2019/177, 2019/168, 18450, 18154, 18325...) o'simlik bo'yi balandligi bo'yicha 15 ta, doni yirik bo'lgan 19 ta hamda yuqori hosildorlikka ega 16 ta nav namunalari aniqlandi. 2-yil selektsiya pitomnigida o'rganilgan no'xatning 111 ta nav namunalaridan 4-5 kun ertapishar bo'lgan 6 ta (18286, 18370, 18198, 17559..), o'simlik bo'yi balandligi bo'yicha 12 ta (18475, 18115, 17446, 18542, 17205, 18485..), doni yirikligi bo'yicha 15 ta va yuqori hosilli 12 ta (17576, 17559, 18129, 18266, 18589, 17267, 18115...) nav namunalari tanlab olindi. Shu pitomnikda bedaning shoxlanishi, ko'k poya, urug'i yuqori hosilli 10 ta (2006/2, 2006/4, 2006/6...), tritikalening erta boshoqlagan 59/2011, 68/2011, yuqori hosilli 84/2011, 87/2011, 65/2011 tizmalari qimmatli xo'jalik belgilari jihatidan ajratib olindi. Nazorat nav sinash maydonida ikki yillik natijalarga ko'ra, no'xatning andoza naviga nisbatan ertapishar (17443, 18328...), don hosildorligi yuqori bo'lgan 18255, 18142, 18577, 17128, 18590 tizmalar, bedaning shoxlanishi va ko'k poya hosili yuqori bo'lgan 2007/8, 2002, 4444-tizmalar, tritikaleda 27/2011 1,9 s, P44 V45- 3,2 s, 87/2011 tizmalar qimmatli xo'jalik belgilari jihatidan andoza navdan yuqoriligi aniqlandi.
Raqobatli nav sinash maydonida olib borilgan ikki yillik tadqiqot natijalaridan ma'lum bo'ldiki, andoza navdan ertapisharligi bo'yicha no'xatning Lazzat, Javlon, Chaqir, 17553, 1000 dona don vazni yuqoriligi jihatidan M-74, Zuhal, Guliston, don hosildorligi bo'yicha Iftixor (1,0 s), Zuhal navi (1,1 s), 17358 (1,4 s) nav va tizmalar andoza navdan yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldilar. Bedaning 503, 504, 606, 63/25, 2003/5 tizmalari, tritikalening Do'stlik-4 navi, P61 V49, P14 V34 tizmalari qimmatli xo'jalik belgilari bo'yicha ajratib olindi.
Lalmikor yerlarda ekish uchun tavsiya etilgan no'xatning Yulduz, Jahongir, Iroda-96, ko'k no'xat Vostok-84, bedaning Boygul, Aridnaya, tritikalening Sardor, Do'stlik-4 navlarining birlamchi urug'chiligi to'liq tizimda olib borildi.
Loyiha bo'yicha 2019 yilda targ'ibot ishlari: Loyihaning tadqiqot natijalari bo'yicha jami 11 ta maqola chop etildi. Shundan, O'zbekiston qishloq xo'jaligi va AGRO ILM jurnallarida 5 ta hamda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutida o'tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjuman to'plamida 1 ta, Andijon DDEITI da tashkil etilgan halqaro ilmiy-amaliy anjumani to'plamida 5 ta ilmiy maqolalar chop ettirildi.
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasida davlat ilmiy-texnik doirasida 3 ta amaliy va 2 ta innovatsiya loyihalari ustida ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Ilmiy-tajriba stansiyada loyihalar bo‘yicha 2018-2019 yillarda Respublika anjumanlarida 18 ta, maxalliy jurnallarda 29 ta, xorijiy konferensiyalarda 12 ta, xorijiy jurnallarda 9 ta ilmiy maqolalar chop ettirildi. Loyiha rahbari: q.f.d., k.i.x., R.E.Siddiqov.
Olib borilgan tadqiqotlarda yumshoq va qattiq bug‘doyning 362 ta nav namunalari, yumshoq bug‘doyning G‘1-G‘5 duragay tizmalarida 472 ta, seleksiya pitomnigida 150 ta tizmalari, nazarat pitomnigida 130 ta tizma, raqobat nav sinovida yumshoq bug‘doyning 21 ta, qattiq bug‘doyning 15 ta nav va tizmalari tajribalarda o‘rganilgan.
O‘rganilgan yumshoq bug‘doy nav namuna va tizmalaridan qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlari bo‘yicha andoza Zamin-1 (59,2 s/ga) va Bezostaya-1 ( 56,2 s/ga) navlariga nisbatan №9809 (65,5 s/ga), №9812 (71,0 s/ga), №9816 (72,5 s/ga), №9819 (66,0 s/ga), №9824 (62,5 s/ga), №9828 (59,5), №9831 (62,5 s/ga), №9836 (64,5 s/ga) nav namunalari 0,3-13,3 s/ga yuqori hosil berish bilan birga zang kasaliklariga chidamli boshlang‘ich manba sifatida tanlab olingan.
Qattiq bug‘doy nav namuna va tizmalaridan qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlari bo‘yicha andoza Makuz-3 (52,4 s/ga) naviga nisbatan. Manl 3, Ossl-1, Mrb 5, Younes nav namunalari 10,7-14,9 s/ga yuqori hosil berishi bilan birga zang kasaliklariga bardoshli boshlang‘ich manba sifatida ajratib olingan. Seleksiya tajriba maydonidan yumshoq bug‘doyning qimmatli belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan 15 ta tizma nazorat pitomnigiga o‘tkazilgan. Nazorat tajriba maydonida andoza Zamin-1 naviga nisbatan 12 ta tizma 3-6 kun ertapishar va issiqlikka, kasallikga chidamli tizma deb topilgan. Nazorat tajriba maydonida ikki yillik tadqiqot natijalariga asosan 32/2019 (47/2018), 34/2019 (52/2018), 46/2019(71/2018), 47/2019 (72/2018), 52/2019 (91/2018) va 70/2019 (129/18) tizmalar hosilli, kasallikka chidamligi, yuqori mahsuldor va qimmatbaho belgi xususiyatga ega bo‘lgan va 2020 yil hosili uchun raqobat nav sinoviga 32/2019 (47/2018), 34/2019 (52/2018), tizmalari o‘tkazilgan.
Raqobatli nav sinash tajriba maydonida tahlil natijalariga asosan №183/2017 (62,0 s/ga), KP№ 85/2017 (59,9 s/ga), KP 184/2017 (60,0 s/ga) tizmalari bashqa nav va tizmalarga nisbatan qurg‘oqchilikka, issiqlikka, zang kasalliklariga chidamli va hosildorligi yuqoriligi bo‘yicha tanlab olingan. Qattiq bug‘doyning raqobatli nav sinash tajriba maydonida ikki yillik tadqiqot natijalariga asosan №2012/7, Mikki-3 nav va tizmalari ertapishar, issiqlikka va zang kasalliklariga chidamli, andoza navga nisbatan yuqori hosildorligi bo‘yicha seleksiya jarayonida foydalanish uchun ajratib olingan.
Loyiha bo‘yicha 2019 yilda targ‘ibot ishlari: Loyihada olingan tadqiqot natijalariga ko‘ra jami 7 ta ilmiy maqola chop etildi. Shundan O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi jurnalida 1 ta, Agrarnaya nauka (Rossiya) jurnalida 1 ta, AGRO ILM jurnalida 3 ta maqola, anjuman to‘plamlarida 2 ta ilmiy maqolalar chop ettirildi. Loyiha rahbari: q.f.n. k.i.x., K.T.Isakov.
Loyiha doirasida dala tajribalarining nav namunalari pitomnigida no‘xatning 2019 yilda o‘rganilgan 399 ta nav namunalaridan ertapisharlik guruhiga mansub 3 ta, o‘simlik bo‘yi o‘rta bo‘lgan 14 ta, yuqori hosilli 12 ta nav namunalari tanlab olindi. Bu pitomnikda bedaning andoza Aridnaya naviga nisbatan shoxlanishi yuqori bo‘lgan 954, 3009, 3128, ko‘k massa va urug‘ hosili yuqori bo‘lgan 1205, 3009, 1204 tizmalar ajratib olindi. Tritikalening andoza Farxod naviga nisbatan erta boshoqlagan 6 ta (403/16, 430/43, 91/4, 97/10, 670/17.), o‘simlik bo‘yi balandligi bo‘yicha 7 ta ( 757/104, 707/54, 439/52, 461/74, 421/35..) hamda yuqori hosilli 24 ta ( 757/104, 707/54, 90/3, 432/45, 687/34...) nav namunalari tanlab olindi. Ko‘k no‘xatning ikki yillik natijalarga ko‘ra, andoza Vostok-84 navidan ertapishar bo‘lgan Vostok-55, O‘zbekiston-2011 navlari, o‘simlikning baland bo‘yligi bo‘yicha Usatiy-86, Zernoukosniy, Jasur-98, O‘zbekiston-2011 navlari (3,3-10,0 sm baland), yotib qolishga va donining to‘kilib ketishga chidamligi jihatidan Aksoy Usatiy, Jasur-98, Osiyo-2011 navlari va 201401, 201402-tizmalari hamda don hosildorligi jihatidan O‘zbekiston-2011 navi, 201401, 201402-tizmalari ajratib olindi. Duragaylar pitomnigida no‘xatning mahalliy va tanlab olingan nav namunalar o‘rtasida 50 ta kombinatsiyada chatishtirish ishlari o‘tkazildi, F2 duragaylar pitomnigida ota-ona shakllariga nisbatan ertapisharligi bo‘yicha 22 ta, don yirikligi bo‘yicha 15 ta, mahsuldorligi yuqoriligi bo‘yicha 27 ta duragaylar kelgusi yil F3 duragaylar pitomnigiga ekish uchun ajratib olindi. 1-yil seleksiya pitomnigida no‘xatning andoza Yulduz navidan 3-5 kun to‘liq o‘suv davri erta bo‘lgan 18 ta (2019/177, 2019/168, 18450, 18154, 18325...) o‘simlik bo‘yi balandligi bo‘yicha 15 ta, doni yirik bo‘lgan 19 ta hamda yuqori hosildorlikka ega 16 ta nav namunalari aniqlandi. 2-yil seleksiya pitomnigida o‘rganilgan no‘xatning 111 ta nav namunalaridan 4-5 kun ertapishar bo‘lgan 6 ta (18286, 18370, 18198, 17559..), o‘simlik bo‘yi balandligi bo‘yicha 12 ta (18475, 18115, 17446, 18542, 17205, 18485..), doni yirikligi bo‘yicha 15 ta va yuqori hosilli 12 ta (17576, 17559, 18129, 18266, 18589, 17267, 18115...) nav namunalari tanlab olindi. Shu pitomnikda bedaning shoxlanishi, ko‘k poya, urug‘i yuqori hosilli 10 ta (2006/2, 2006/4, 2006/6...), tritikalening erta boshoqlagan 59/2011, 68/2011, yuqori hosilli 84/2011, 87/2011, 65/2011 tizmalari qimmatli xo‘jalik belgilari jihatidan ajratib olindi. Nazorat nav sinash maydonida ikki yillik natijalarga ko‘ra, no‘xatning andoza naviga nisbatan ertapishar (17443, 18328...), don hosildorligi yuqori bo‘lgan 18255, 18142, 18577, 17128, 18590 tizmalar, bedaning shoxlanishi va ko‘k poya hosili yuqori bo‘lgan 2007/8, 2002, 4444-tizmalar, tritikaleda 27/2011 1,9 s, P44 V45- 3,2 s, 87/2011 tizmalar qimmatli xo‘jalik belgilari jihatidan andoza navdan yuqoriligi aniqlandi.
Raqobatli nav sinash maydonida olib borilgan ikki yillik tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, andoza navdan ertapisharligi bo‘yicha no‘xatning Lazzat, Javlon, Chaqir, 17553, 1000 dona don vazni yuqoriligi jihatidan M-74, Zuhal, Guliston, don hosildorligi bo‘yicha Iftixor (1,0 s), Zuhal navi (1,1 s), 17358 (1,4 s) nav va tizmalar andoza navdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldilar. Bedaning 503, 504, 606, 63/25, 2003/5 tizmalari, tritikalening Do‘stlik-4 navi, P61 V49, P14 V34 tizmalari qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha ajratib olindi.
Lalmikor yerlarda ekish uchun tavsiya etilgan no‘xatning Yulduz, Jahongir, Iroda-96, ko‘k no‘xat Vostok-84, bedaning Boygul, Aridnaya, tritikalening Sardor, Do‘stlik-4 navlarining birlamchi urug‘chiligi to‘liq tizimda olib borildi.
Loyiha bo‘yicha 2019 yilda targ‘ibot ishlari: Loyihaning tadqiqot natijalari bo‘yicha jami 11 ta maqola chop etildi. Shundan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va AGRO ILM jurnallarida 5 ta hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjuman to‘plamida 1 ta, Andijon DDEITI da tashkil etilgan halqaro ilmiy-amaliy anjumani to‘plamida 5 ta ilmiy maqolalar chop ettirildi.
Loyiha rahbari: q.f.n. k.i.x., X.Yu.Yusupov.
Loyiha bo‘yicha ko‘p faktorli dala tajribalarida olingan ma’lumotlar asosida matematik ishlov berish, hisobot tayyorlash ishlari olib borildi. Tajribalarda kuzgi bug‘doyning “Semurug‘” va “Istiqlol-20” navlari (faktor A), ularni sug‘orish rejimi (faktor V) va oziqlantirish me’yori (faktor S) o‘rganildi. Hisobot yilida variantlar soni 30 tani, tajriba bo‘lakchalari – 90 tani tashkil etdi. Tajriba bo‘lakchalari (delyankalar) hajmi 75 m2 ni (3x25) hisobida olinadigan maydon esa 50 m2 ni (2x25) tashkil etdi. Variantlar uch qaytariqda takrorlandi.
Tajribaning nazorat, ya’ni faqat kuzda ekish oldidan sug‘orilgan variantlarida “Semurug‘” kuzgi bug‘doy navining 1 m2 dagi tup soni 271,7-280,0 donani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlar ekilgan urug‘lar soniga nisbatan 56,2-58,0% ni tashkil etadi. “Semurug‘” navining tup soni qolgan variantlarda 278,8-298,3 dona/m2 atrofidagi ko‘rsatkichlarni tashkil etdi. “Semurug‘” kuzgi bug‘doy navining bahorgi vegetatsiyasi boshlanish arafasida maysalar soni variantlar bo‘yicha 168,5-188,6 dona/m2 ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlar 60,4-64,6% qishlash darajasiga to‘g‘ri keladi.
“Istiqlol-20” kuzgi bug‘doy navining qishki tinimdan so‘ng saqlanib qolingan maysalari soni, ya’ni qishlash darajasi tajribaning nazorat variantida (V1) 45,1-45,7% ni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 60-70-70% ChDNS sug‘orish tartibotida o‘g‘itlar me’yoriga qarab 47,2-51,7% ni tashkil etdi. Vegetatsiya davomida tuproq namligi 70-80-70% atrofida ushlab turilgan variantlarda qishlash darajasining sezilarli darajada pasayishi qayd etildi.
“Semurug‘” kuzgi bug‘doy navini 70-80-70% ChDNS bo‘yicha sug‘orilgan variantlarda sug‘orish oldidan yetishmaydigan, ya’ni sug‘orish talab etilgan me’yor bug‘doyning 1-2 barg (kuzda) o‘g‘itlar me’yoriga qarab gektariga 282-317 m3/ga, boshoqlash-gullash davrida 271-479 m3/ga ni va gullash-sut-mum pishish bosqichida 274-411 m3/ga ni, jami mavsumiy o‘rtacha nam yetishmasligi esa 827-1190 m3/ga ni tashkil etdi. Sug‘orishning bu tartibotida ham azotli o‘g‘itlar me’yorining oshishi bilan talab etiladigan namlik miqdori ham ko‘payib bordi.
“Semurug‘” bug‘doy navining nazorat variantidagi (V1) hosildorligi o‘g‘itlar me’yoriga qarab o‘rtacha 43,5-54,3 s/ga ni tashkil etdi. Sug‘orishning bu tartibotida ikki yillik o‘rtacha hosildorlik 39,6-50,1 s/ga ni tashkil etdi.
2018-2019 qishloq xo‘jalik yilida yog‘ingarchilikning ko‘p yillik o‘rtacha me’yordan 119 mm ko‘p bo‘lishi hamda vegetatsiya davrida qulay taqsimlanishi natijasida hisobot yilida tajribaning nazorat, ya’ni faqat ekish oldidan tuproqda nam to‘plash uchun sug‘orilgan V1 variantida olingan o‘rtacha hosildorlik o‘tgan yilga nisbatan variantlar bo‘yicha 7,7-8,6 s/ga yuqori bo‘ldi. Buning sababi shundaki, 2017-2018 qishloq xo‘jalik yilidagi yog‘ingarchilik miqdori 120 mm kam bo‘ldi va vegetatsiyaning ikkinchi yarmidan boshlab tuproqda namlik yetishmasligi kuzatildi. Sug‘orishning 60-70-70% ChDNS tartibotida (kuzgi nam to‘plash uchun sug‘orish fonida) “Semurug‘” bug‘doy navining hosildorligi hisobot yilida o‘g‘itlar me’yoriga qarab 45,1-67,2 s/ga ni tashkil etdi. Bu variantlarda tuproq namligining yuqori bo‘lishi hisobiga olingan qo‘shimcha don hosildorligi o‘rtacha ikki yilda 3,9-18,7 s/ga ni yoki nazoratga nisbatan 110-137% ni tashkil etdi.
Tajribaning kuzgi nam to‘plash fonida vegetatsiya davrida tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-80-70% ni tashkil etgan variantlarda (V3) “Semurug‘” kuzgi bug‘doy hosildorligi 48,1-67,4 s/ga ni tashkil etdi. Sug‘orishning bu tartibotida olingan ikki yillik hosildorlik o‘rtacha 48,1-68,5 s/ga ni tashkil etdi va nazoratga nisbatan 8,5-18,4 s/ga yuqori hosil olindi (121-137%).
2018-2019 qishloq xo‘jalik yilida “Istiqlol-20” kuzgi bug‘doy navi hosildorligi tajribaning V1 variantlarida o‘g‘itlar me’yoriga qarab o‘rtacha 37,6-49,1 s/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, 60-70-70% ChDNS tartibotida (V2) 41,6-62,0 s/ga ni, 70-80-70% ChDNS da (V3) esa 44,6-64,2 s/ga ni tashkil etdi. Ikki yillik o‘rtacha hosildorlik tegishlicha 35,9-46,3, 39,9-64,8 va 43,2-64,6 s/ga dan iborat bo‘ldi.
Yog‘ingarchilik me’yori ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha yuqori bo‘lgan joriy yilda tajribaning nazorat, ya’ni faqat kuzda ekish oldidan tuproqda nam to‘plash uchun sug‘orilgan variantlarda “Semurug‘” kuzgi bug‘doy donidagi oqsil miqdori o‘g‘itlar me’yoriga qarab 13,2-16,5% ni tashkil etdi. Bu nav doni tarkibidagi nisbatan ko‘proq oqsil miqdori kuzgi sug‘orish fonida ChDNS ga nisbatan 60-70-70% tartiboti bo‘yicha sug‘orilgan variantlarda (V2) kuzatildi – 14,8-17,5%. Bu ko‘rsatkich V1 variantlarga nisbatan 1,0-1,6% ko‘pligi qayd etildi. “Semurug‘” kuzgi bug‘doy donidagi oqsil miqdorining V3 variantida, ya’ni kuzgi nam to‘plash uchun sug‘orish fonida 70-80-70% ChDNS tartiboti bo‘yicha sug‘orilgan variantlarda biroz pasayishi kuzatildi – 14,8-17,5%.
Hisobot yilida “Istiqlol-20” kuzgi bug‘doy donidagi oqsil miqdori sug‘orish va oziqlantirish me’yoriga qarab 14,8-17,5% ni tashkil etdi va “Semurug‘” bug‘doy donidagi oqsil miqdoridan 0,5-1,0% ga kamligi aniqlandi.
Shuni qayd etish lozimki, sug‘orishning barcha tartibotlarida har ikkala navlar donidagi oqsil me’yori o‘g‘it berilmagan nazorat variantlarda 13,2-16,1% ni tashkil etdi.
Kuzgi bug‘doy navlarining muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri dondagi kleykovina miqdori hisoblanadi. Hisobot yilida “Semurug‘” kuzgi bug‘doy uni tarkibidagi oqsil miqdori tajribaning faqat kuzda ekish oldidan sug‘orilgan variantlarida (V1) 18,7-27,2% ni tashkil etgan bo‘lsa, nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari sug‘orishning 70-80-70% ChDNS tartibotlarida qayd etildi – 21,8-30,4%.
Joriy yilda “Istiqlol-20” kuzgi bug‘doy donidagi kleykovina miqdori variantlar bo‘yicha 23,3-29,0% ni tashkil etib “Semurug‘” kuzgi bug‘doy donidagi kleykovina miqdoriga yaqin ko‘rsatkichlarni tashkil etdi.
Sug‘oriladigan maydonlarda yetishtiriladigan kuzgi bug‘doy navlarining muhim texnologik sifat ko‘rsatkichlaridan biri IDK va donning shishasimonligi (yaltiroqliligi) hisoblanadi.
2019 yilda har ikkala bug‘doy donining IDK ko‘rsatkichlari deyarli bir-biriga yaqin bo‘lib 74-100 % ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlar II va III guruhga mansub bo‘lib qoniqarli hisoblanadi. “Semurug‘” kuzgi bug‘doy donining shishasimonligi tajribaning nazorat variantida (V1) 38,5-45,5% ni tashkil etgan bo‘lsa bu ko‘rsatkichning sug‘orishning V2 ya’ni vegetatsiya davrida 60-70-70% ChDNS tartiboti bo‘yicha sug‘orilgan V2 variantlarda biroz yuqoriligi qayd etildi – 39,5-48,0%. “Istiqlol-20” kuzgi bug‘doy donining shishasimonligi ham tajribaning 60-70-70% ChDNS tartibotida biroz yuqoriligini ko‘rish mumkin – 41,3-45,2%.
Shuni ta’kidlash zarurki, har ikkala bug‘doy navlari donining shishasimonligi sug‘orishning 60-70-70% ChDNS tartiboti bo‘yicha sug‘orilgan hamda R90K60 fonida 150-180 kg/ga hisobida azotli o‘g‘itlar bilan 3 marta oziqlantirilgan variantlarda yuqoriligi qayd etildi. Sug‘orishning 70-80-70% tartiboti bo‘yicha sug‘orilgan va 210 kg/ga hisobida azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirilgan variantlarda pasayish tendensiyasi kuzatildi.
Sug‘oriladigan maydonlarda yangi “Istiqlol” va “Semurug‘” navlarini resurstejamkor texnologiya bo‘yicha yetishtirishdan olinadigan qo‘shimcha don hosildorligi 15-18 s/ga ni tashkil etib, kutiladigan iqtisodiy samaradorlik 420-450 ming so‘mni tashkil etadi.
Loyiha bo‘yicha 2019 yilda targ‘ibot ishlari: Loyihaning tadqiqot natijalari bo‘yicha loyiha rahbari va ijrochilari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida 3 ta ilmiy maqola chop ettirildi. Shundan 2 ta ilmiy maqola respublika anjumanlar to‘plamida, 1 ta ilmiy maqola xorijiy jurnalda chop ettirildi. Loyiha rahbari: q.f.n. k.i.x., T.Mamatqulov.
Lalmikor maydonlarda ekish uchun pivobop arpa Abu-G‘ofur-20 navining birlamchi urug‘chiligini olib borish maqsadida I-yil avlodlarni sinash pitomnigida 1000 ta avlod har bir avlod alohida-alohida bir qatordan ekildi. II-yil avlodlarni sinash pitomnigida 351 ta avlod 5 m2 qilib ekildi hamda birlamchi urug‘chilik tizimi ilmiy asosda olib borildi.
Loyihaning ish dasturi va kalendar rejasiga asosan tajribalarda pivobop arpa Abu-G‘ofur-20 navining rivojlanish fazalari bo‘yicha fenologik kuzatuvlar olib borildi, pivobop arpa navining boshoqlash, sut, mum, to‘liq pishish fazalari, kasalliklarga va yotib qolishga chidamliligi baholandi hamda dala jurnaliga qayd etildi.
Abu-G‘ofur-20 arpa navining birinchi va ikkinchi yil ko‘paytirish maydonlarida oziqlantirish, begona o‘tlarga qarshi gerbitsid sepish ishlari amalga oshirildi. Birinchi yil avlodlarni sinash pitomnigi tajribasining ikkinchi dala ko‘rigida morfologik belgilari bo‘yicha: boshoq ro‘vagining ikkinchi bo‘g‘im egilganligi bo‘yicha 27 ta, boshoq ro‘vagi bo‘g‘imidagi do‘ngchalarning mavjudligi bo‘yicha 25 ta, toza boshoqcha joylashish tartibi bo‘yicha 26 ta jami 78 ta avlod yaroqsizga chiqarildi.
Ikkinchi yilgi avlodlarni sinash pitomnigining I-dala ko‘rigida pastki yaproq qinli barglarning tuklanganligi belgisi bo‘yicha 348 ta navdor, yon barg quloqchalarning antotsian rangining jadalligi belgisi bo‘yicha 344 ta navdor, II-dala ko‘rigida boshoq ro‘vagi ikkinchi bo‘g‘im egilganligi belgisi bo‘yicha 335 ta navdor, ikki qatorli arpa boshoq ro‘vagi bo‘g‘imdagi do‘ngchalarning bo‘lishi belgisi bo‘yicha 330 ta navdor, toza boshoqcha joylashish tartibi belgichi bo‘yicha 326 ta navdor, don asosiy tuksimon dag‘al o‘simtalarning tuklanish turi belgisi bo‘yicha 558 ta navdor, laboratoriya ko‘rigida don shakli belgisi bo‘yicha 555 ta navdor tizmalar tanlab olindi.
Birinchi va ikkinchi dala ko‘rigida birinchi yil morfologik belgilari bo‘yicha 559 ta tizmalar tanlab olindi, 41 ta tizmalar yaroqsizga chiqarildi, laboratoriya ko‘rigida 4 ta tizma yaroqsizga chiqarildi, 555 ta tizma tanlab olindi. Ikkinchi yil morfologik belgilari bo‘yicha 326 ta tizmalar tanlab olindi, 25 ta tizmalar yaroqsizga chiqarildi.
Ikkinchi yil avlodlarni sinash pitomnigida avlodlarni chiqitga chiqarishda ham birinchi yil avlodlarni sinash pitomnigi singari asosiy mahsuldor boshoq, bir boshoqdagi don soni, asosiy boshoq vazni, 1000 dona don vazni singari xo‘jalik belgilari hisobga olindi.
2-yil avlodlarni sinash pitomnigida 0,17 ga, ko‘paytirish maydonida 10,0 ga maydonga joriy qilish uchun ekildi. Abu-G‘ofur-20 navining birlamchi urug‘chiligini olib borishda 2-yil avlodlarni sinash pitomnigidan 496 kg, 1-yil ko‘paytirish pitomnigidan 3010 kg urug‘ olindi. Birinchi va ikkinchi yil ko‘paytirish maydonlarida ikkinchi dala ko‘rigida boshoq holati, boshoqdagi qatorlar soni, boshoq shakli kabi belgilari bo‘yicha nav o‘toq ishlari olib borildi, navga xos bo‘lmagan, kasallangan o‘simliklar yaroqsizga chiqarildi.
Arpaning “Abu-G‘ofur-20” navining boshlang‘ich urug‘chilik tizimini yo‘lga qo‘yishning ilmiy asosda olib borilishi hamda ishlab chiqarishga joriy etilishi natijasida gektaridan olinadigan iqtisodiy samaradorligi 250-270 ming so‘mni tashkil etadi.
Loyiha bo‘yicha 2019 yilda targ‘ibot ishlari: Loyihaning tadqiqot natijalari bo‘yicha loyiha rahbari va ijrochilari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida AGRO ILM jurnalida 2 ta, respublika ilmiy-amaliy anjumanida 2 ta, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida 4 ta, horijiy jurnallarda 2 ta, horijiy anjumanda 1 ta maqola chop ettirildi. Loyiha rahbari: q.f.n. k.i.x., P.M.Pokrovskaya.
Loyiha bo‘yicha moyli zig‘irning “Bahorikor” navining birinchi yilgi avlod sinash pitomnigiga 400 ta avlodlar 1m2 dan shuningdek, morfologik belgilari jihatidan bir hil bo‘lgan 200 ta avlodlar ikkinchi yil avlod sinash pitomnigiga 5m2 dan ekilib o‘rganildi. Ko‘paytirish pitomnigiga 2,0 gektar maydonga SFK-7-10 rusumli seleksion seyalkada ekildi.
Fenologik kuzatuv jadvaliga urug‘lik ekilgan kun, maysalarning unib chiqishi (10%), maysalarning to‘liq unib chiqishi (75%), archalash sanasi, g‘unchalash, gulashning boshlanishi (10%), to‘liq gullash davri (75%), urug‘larning pishib yetilishining boshlanishi (10%) va urug‘larning to‘liq fiziologik pishib yetilishi kabi ma’lumotlar yozib borildi.
Ekilgan oilalarning kaslliklarga (antraknoz, fuzarioz) chidamlilik belgilarini maysalar unib chiqqanidan ko‘sakchalarning to‘la sarg‘ayib pishgangacha bo‘lgan davrda 5-ballik sistema asosida baholash ishlari olib borildi. Umuman zararlanmagan namunalar 0-ball bilan belgilanib borilib kuzatish jurnalida xar bir kasallikning boshlanish qayd etib borildi.
Tajribaning dastlabki yilida o‘simliklarning unib chiqishi boshlanishi 16-18 aprel, to‘liq unib chiqishi 20-21 aprel kunlari, archalash sanasi oilalarda tegishlicha 27-29 aprel, g‘unchalash 12-14 mayga to‘g‘ri kelib bu oyda yog‘ingarchilik miqdori ko‘p yilikka nisbatan deyarli teng miqdorda bo‘lganligi uchun o‘simliklarning gullashi 19-21 mayga va to‘liq pishish esa 19-24 iyul kunlari qayd etildi. 2019 yilda esa o‘simliklarning unib chiqishi boshlanishi 24-26 mart, to‘liq unib chiqishi 27-29 mart kunlari, archalash sanasi oilalarda tegishlicha 10-12 aprel, g‘unchalash 5-8 may, o‘simliklarning gullashi 14-17 mayga va to‘liq pishish esa 14-17 iyul kunlari qayd etildi. Fenologik kuzatuvlar natijalariga ko‘ra ushbu pitomniklarda zig‘irning o‘suv davri davomiyligi o‘rtacha 88-92 kunni tashkil etdi. Dala kuzatuvlarida hamma ekilgan liniyalarning navga xosligi, umumiy rivojlanish, ertapisharligi, kasalliklarga chidamliligi, mahsuldorligi, asosiy morfologik belgilari sinchiklab o‘rganildi va baholandi. Shuningdek, olib borilgan biometrik tahlil natijalari bo‘yicha “Bahorikor” navining o‘simlik bo‘yi 45-47 sm, shoxlanish darajasi o‘rtacha 5,0-5,5 dona, ko‘sakchalardagi donlar soni 7-8 donagacha oralig‘ida va 1000 dona don vazni 2,4-3,0 g gacha o‘zgarganligi kuzatildi.Moyli zig‘ir “Bahorikor” navining I-yil avlodlar sinash pitomnigida o‘rganilgan 400 ta avlodlardan hosildorlik bo‘yicha ushbu navga xos bo‘lgan 370 ta avlodlar tanlab olindi. Negativ tanlash asosida 30 ta avlodlarda kasallik alomatlari kuzatilganligi va boshqa maxsuldorlik belgi va ko‘rsatkichlari past bo‘lganligi sababli yaroqsiz deb topildi.
II-yil avlodlar sinash pitomnigida o‘rganilgan 200 ta avlodlardan hosildoriligi bo‘yicha 180 ta avlodlar tanlab olinib birlashtirildi hamda I-yil ko‘paytirish urug‘i olish uchun tayyorlandi. Navga xos bo‘lmagan 20 ta avlodlarda kasallik alomatlari kuzatilganligi sababli yaroqsiz deb topildi. I-yil ko‘paytirish pitomnigidan zig‘irning “Bahorikor” navidan 650 kg sara urug‘ tayyorlandi hamda kelgusi yilda II-yil ko‘paytirish avlodi olishga ekish uchun tayyorlandi.
Respublikaning lalmikor yerlari uchun moyli zig‘ir “Baxorikor” navining boshlang‘ich urug‘chiligining ilmiy asosda olib borilishi hamda joriy etilishi natijasida moyli zig‘irning don hosilini 10-15 % va yog‘ chiqish miqdori 3-4 % ga oshirish hisobiga har gektardan olinadigan iqtisodiy foydani 15-25 % ga ko‘paytirish imkoniyati yaratiladi.
Loyiha bo‘yicha 2019 yilda targ‘ibot ishlari: Loyiha rahbari va ijrochilari tomonidan 2019 yilda tadqiqot natijalari bo‘yicha O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi jurnalida 1 ta, Agro ilm jurnalida 2 ta, xalqaro anjuman to‘plamida 1 ta, xorijiy jurnalda 1 ta, jami 5 ta ilmiy maqola chop ettirildi.